"Real"ning sobiq himoyachisi Roberto Karlos "Qirollik klubi"ning yosh o'yinchisi Vinisiusning o'yini haqida fikr bildirdi.
"Vinisiusni "Real"da katta kelajak kutib turibdi. U birinchi amoada o'ynashga tayyor bo'ladi. U hozircha yoshlar jamoasida o'ynamoqda, ammo bir necha yildan so'ng "Real"ning asosiy o'yinchisiga aylanadi", - deydi Karlos.