"Real" klubi himoyachisi Rafael Varan Frantsiya va Islandiya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvining birinchi bo'limida jarohat oldi va tanaffus paytida zaxiraga olindi.
Frantsiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, Varan ehtiyot yuzasidan almashtirilgan. Dide Desham Germaniyaga qarshi kechadigan Millatlar ligasi musobaqasi doirasidagi o'yinda himoyachining xizmatidan foydalanmoqchi. Ammo Varan terma jamoasining kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotlarida ishtirok etmadi. Shu bois, uning nemislarga qarshi o'yindagi ishtiroki noma'lumligicha qolmoqda.
O'z navbatida, "Real" klubi o'z himoyachisining ahvolidan xavotir olmoqda va frantsiyalik futbolchi "Qirollik klubi" ixtiyoriga ertaroq qaytib kelishini istamoqda.