"Barselona" yarim himoyachisi Tomas Vermalen Belgiya terma jamoasi safida Millatlar ligasi doirasida Shveytsariyaga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda jarohat oldi. Shu sababli futbolchi 1 oy davomida maydonga tusha olmasligi taxmin qilinmoqda.
Shu tariqa, Vermalen "Barselona" safida Sevilya (20 oktyabr), "Inter" (24 oktyabr) va "Real" (28 oktyabr)ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi. "Ko'k-anorranglilar" markaziy himoyachilaridan biri Samuel Umtitida ham jarohat bor va u ham "klasiko"da ishtirok eta olmasligi mumkin.
Shu bois, Ernesto Valverde ixtiyorida ikki nafar markaziy himoyachi qolmoqda – Jerar Pike va Kleman Langle.
32 yoshli Tomas Varmalen Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida atiga 2ta o'yinda maydonga tushdi.