Madridning "Real" klubi rahbarlari "Espanyol" himoyachisi Mario Ermosoning o'sishidan ko'ngli to'q. Klub yosh ispaniyalik himoyachini mavsum oxirigacha yoki yozda ortga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ermoso 2017-yil yozda 400 ming yevro evaziga "Espanyol" futbolchisiga aylangan edi. "Qirollik klubi" agarda "Espanyol" Ermosoni boshqa klubga sotsa 50% transfer narxidan ulishini olishga yoki bo'lmasa 7,5 mln yevro evaziga ortga qaytarishga kelishib olgandi.
Ma'lumot uchun, Mario Ermosoning tovon puli 40 mln yevroga teng. Ushbu mavsumda 23 yoshli markaziy himoyachi La Ligada 2 ta gol va 1 ta golga assistentlik qilgan edi.
Bobojonov