«Milan» klubi darvozabon Janluiji Donnarumma bilan yangi shartnoma imzolashga yana bir bor urinib ko'radi.
Il Giornale xabariga ko'ra, ayni paytda 18 yoshli darvozabon Polshada o'tkaziladigan Evropa chempionatidagi Italiya yoshlar terma jamoasi qarorgohida bo'lib turibdi. "Rossoneri" sport direktori Massimiliano Mirabelli u erga tashrif buyurib, darvozabonni yangi sharnomaga imzo chekishga ko'ndirmoqchi.
Avvalroq, futbolchining agenti Mino Rayola «Milan» bilan imzolanadigan shartnomada, agar klub Chempionlar ligasiga chiqolmasa, futbolchining tovon puli 10 mln evro qilib belgilanishini talab qilgan edi. Mana shu holat tufayli tomonlar kelishuvga erisholmadi va shartnoma imzolanmay qoldi.
Donnarummaning amaldagi mehnat bitimi 2018 yil yozida o'z nihoyasiga etadi.