"Barselona" va Belgiya terma jamoasi himoyachisi Tomas Vermalen Shvetsariyaga qarshi o'yinda (2:1) jarohat oldi.
AS nashri xabariga ko'ra Belgiyalik himoyachi 4 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu orqali Vermalen "Sevilya" (20-oktyabr), "Inter" (24-oktyabr) va "Real" (28-oktyabr) uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi mumkin.
Hozirgi kunda "Barsa"da endilidka faqat ikkita markaziy himoyachilar qoldi. Samuel Umtiti 2018-yilda boshqa maydonga tusha olmasa, Tomas Vermalen bir oy futbol o'ynay olmaydi.
Ernesto Valverde qo'l ostida esa Jerard Pike va Klement Langle bor.
Bobojonov