"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti yozda "Real"ga o'tib ketishi mumkin edi. Madridliklar yozgi transfer paytida futbolchini o'z saflariga qo'shib olish uchun harakat qilishdi.
Ammo frantsiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan olib borilgan uzoq muzokaralardan so'ng "Barselona" safida qolishga harakat qildi va shartnoma 2023 yilga qadar uzaytirdi.
Yangi shartnomaga ko'ra, Umtitining tovon puli 500 mln evro etib belgilandi. Samuel Umtiti Ispaniya chempionatining 6ta o'yinida maydonga tushdi.