«Real» klubining sobiq bosh murabbiyi Karlush Keyrush madridliklarni boshqargan paytda qanday qiyinchiliklarga duch kelgani haqida aytib o'tdi. Portugaliyalik mutaxassis 2003/04 yilgi mavsumda "Qirollik klubi"da ishlagan.
«Ispaniya superkubogi bahsidan keyin Fernando Morentes bilan gaplashdik va unga: «Seshanba kuni ko'rishamiz», — dedim. U esa: «Seshanba? Klub meni «Monako»ga berib yuborganidan xabaringiz yo'qmi?», — dedi.
Men bu haqda hech narsa bilmasdim. Jamoada Makelele ham bor edi, men esa markazda Ivan Elgerani o'ynatishga qaror qildim. Keyin esa Makelele "Chelsi"ga o'tib ketdi. Boisi, uning familiyasi tushirilgan futbolkalar etarli miqdorda sotilmadi. Shuning uchun Bekxemni markazda o'ynatishga majbur bo'ldim. Devid aslida qanot futbolchisi edi, ammo u "Real"ga kelganida safimizda Luish Figu bor edi», – dedi Keryush.