«Real» klubi Portugaliyaning Correio da Manhã gazetasi ustidan sudga shikoyat kiritdi.
Ushbu nashr avvalroq maqola e'lon qilib, unda Krishtianu Ronaldu aynan "Madrid"ning talabi bilan Ketrin Mayorgaga 375 ming dollar miqdorida pul to'lagani haqida ma'lumot bergandi.
«Gazeta e'lon qilgan maqolada yolg'on ma'lumotlar mavjud. Bu esa klub obro'siga jiddiy putur etkazadi. Krishtianu Ronaldu bilan sodir bo'lgan voqeaga «Real»ning hech qanday aloqasi yo'q. Shu bois, bu masalada klub qandaydir chora qo'llashi mumkin emas.
«Real» gazetadan ushbu maqola yuzasidan raddiya berishni talab qiladi», – deyiladi "Real" rasmiy saytidagi bayonotda.