Madridning "Real" klubi Portugaliya gazetasi Correio da Manhãni sudga bermoqchi, bu yuzasidan klub rasmiy bayanot berdi. Madrid klubi yuqoridagi nashr yolg'on ma'lumot berayotgani va bu orqali klub imidjiga putur yetkazishga harakat qilayapdi deb hisoblaydi.
Correio da Manhã nashri 2010-yil "Real Madrid" Krishtianu Ronalduning o'sha paytdagi mashuqasi Ketrin Mayorgeni futbolchi ustidan shikoyat yetkazmasligi uchun jim turishga majbur qilganligi haqida xabar berib o'tgan edi.
"Real Madrid" bu gazeta yozgan har qanday ma'lumot haqida hech narsa bilmaydi. Shuning uchun klub bu ish yuzasidan savollarga javob bermaydi. Bundan tashqari "Madrid" yuqoridagi ma'lumotni to'liq tuzatishlarini talab qiladi".
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu bundan 8 yil oldin Ketrin Mayorgeni zo'rlaganligi xabarlar chiqdi va qizning o'zi ham futbolchi ustidan shikoyat qildi.
Bobojonov