Italiyaning “Inter” klubi hujumchisi Mauro Ikardi jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashni xohlamayapti.
Tiki Taka‘ning xabar berishicha, 25 yoshli argentinalik futbolchi jamoasini o'zgartirishni xohlayapti. Futbolchi bilan “Real Madrid” va “Manchester Yunayted” klublari qiiqyapti.
Ikardining “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchining shartnomasida tovon puli 96 million evro qilib belgilangan.
Eslatib o'tamiz, hujumchi joriy mavsum 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishdi.