"Real" yarim himoyachisi Isko 25 sentyabr kuni ko'richagi xuruj qilib qolgani tufayli operatsiya stoliga yotgandi. Ispaniyalik futbolchi bugun, 11 sentyabr kuni jamoaning umumiy mashg'ulotlaridan ishtirok etdi. Bu haqda "Qirollik klubi" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Avvalroq, jarrohlik amaliyotidan keyin Iskoning to'liq tiklanishi uchun taxminan 1 oy vaqt ketishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi. Yarim himoyachi kutilganidan ancha tez safga qaytdi.
"Madrid"ning bugungi mashg'ulotlarida Karim Benzema va Daniel Karvaxal individual tarzda shug'ullanishdi.