Squawka nashri Evropa top-5 chempionatlarida eng aniq zarbaga ega futbolchini aniqlab oldi.
Darvoza tomon kamida 30ta zarba yo'llagan futbolchilar ichida, aniqlik borasida «Monako» hujumchisi Kilian Mbappega teng keladigani topilmadi. Uning 35ta zarbasidan 26tasi (76,1%) darvoza hududiga aniq yo'llangan. Shundan 15tasi golga aylangan.
Umuman olganda Mbappe barcha musobaqalarda 44 o'yin o'tkazib, 26ta gol urgan va 14ta golga hammualliflik qilgan. U har bir goli uchun o'rtacha 100 daqiqa vaqt sarflamoqda.