"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rahim Sterling "Real" qiziqishlar doirasida.
Madridliklar klubi 23 yoshli futbolchining "shaharliklar" bilan yangi shartnoma imzolash jarayonini kutmoqda, bu haqida ESPN nashri xabar berib o'tadi. Sterlingning shartnomasi 2020-yilda yakuniga yetadi va hozircha jamoalar yangi shartnomaga imzo chekishmadi.
"Ochig'i, boshqa davlatda to'p sursam yomon bo'lmasdi, bu ham bir yangi tajriba. Ispaniya jozibador. U yerda har qanday vaziyatda ob-havo yaxshi", - deya Sterling 2017-yil dekabrda intervyu berib o'tgan edi.
Bobojonov