Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Raxim Sterlinga qiziqib qoldi. Futbolchi jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashni xohlamayapti.
Futbolchining amaldagi shartnomasi ikki yildan so'ng nihoyasiga etadi. Madridliklar ushbu vaziyatni diqqat bilan kuzatyapti. Xabarlarga ko'ra, “Siti” futbolchisini qo'yib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, futbolchi joriy mavsum 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishgan.