Madridning “Real” klubi “Inter” hujumchisi Mauro Ikardini olib kelishga urinib ko'radi. Bu haqda transfermarketweb.com xabar bermoqda.
“Qirollik klubi” 25 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatyapti. Futbolchi jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashni rad etgan edi. Madrid klubi futbolchini qishda olib kelishga tayyor.
Avvalroq, Xulen Lopetegi jamoasi “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn va “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azarga qiziqayotgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o'tamiz, Ikardi joriy mavsum “A” Seriyada 6 ta uchrashuvda 3 ta gol urishga erishdi.