Zayniddin Zidan «Real»ni tark etishining yana bir sababi aniq bo'ldi.
Frantsiyalik mutaxassis yanvar oyida klubi prezidenti bilan Florentino Peres bitta ishga kelishib olishgandi: yozgi transfer paytida Garet Beyl boshqa jamoaga sotiladi. Ammo «Liverpul»ga qarshi bo'lib o'tgan Evropa chempionlar ligasi final bahsida uelslik futbolchi ikkita gol urganidan keyin Peres o'z fikridan qaytdi.
O'sha paytda prezident jamoa direktorlar kengashi a'zolariga Beyl klub hujumchisi Krishtianu Ronalduga nisbatan yaxshiroq ekanini ta'kidlagan. Peresning va'dasida turmaganini bilgan Zidan klub xo'jayinidan ko'ngli qolgan. Shu bois, Zayniddin jamoani tark etishga qaror qildi.