«Bavariya»ning sobiq yarimhimoyachisi Mehmet Sholl «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ustidan qo'pol hazil qildi.
ARD telekanalida ekspert bo'lib ishlayotgan Sholl Ronalduning qamalishi mumkinligi haqidagi xabarga izoh berdi.
«Krishtianu qamalishi mumkin? Qo'rqamanki, Ronaldu u erda «Miss sentyabr» bo'lishga erishadi» - dedi Sholl.
Bu gaplar Germaniyalik muxlislar orasida norozilik keltirib chiqardi. Sholl avval ham tiliga erk berib, baloga qolgan edi. Xususan u Evro-2012 paytida hujumchi Mario Gomesni tanballikda ayblagandi.