Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales primera o'yinlarini AQSh va Kanadada o'tkazish g'oyasiga yana qarshi chiqdi.
"Tebas 10 ming dollar qo'yib, 2,5 million yutib olish mumkin. Ammo bu ham uning uchun kam. BU narsani to'xtatish kerakyu Biz unga reglamentda o'yinlarni chet ellarda o'tkazishni taqiqlovchi tegishli bandlar borligini bir necha marta uqtirdik.
Tebasga e'tibor bermayman, doim masofa saqlayman. Agar lozim topsam quyushqondan chiqib ketishim mumkin. Ammo tortishuv va zo'ravonlik doim o'zini oqlayvermaydiyu U bilan murosa qiliga harakat qilaman, ammo buning iloji bo'lmas, bunga hurmat bilan qarayman. Ammo Tebas hech kimni hurmat qilmaydi", - deydi Rubiales.