Madridning “Real” klubi “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynni sotib olmoqchi.
El Confidencial nashrining xabariga ko'ra, “qirollik klubi” “shporlar” rahbariyatini ko'p o'ylab o'tirmasligi uchun angliyalik futbolchi uchun 200 mln evro bermoqchi.
Xabaringiz bor, “Real” ketma-ket 4 ta o'yindan beri gol urolmayapti. Shuning uchun, klub prezidenti Florentino Peres dunyo darajasidagi hujumchini sotib olmoqchi.
Keynning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.