France Football nashri «Oltin to'p -2017» da'vogarlari haqida taxmin qilib, unda Krishtianu Ronaldu favorit ekani haqida yozgan edi.
Ispaniyaning Mundo Deportivo va Sport nashrlari bunga o'z munosabatini bildirishdi.
Sport.es xabariga ko'ra, «Oltin to'p -2017» sovriniga Ronaldudan ham loyiqroq bo'lgan kamida uch nafar futbolchi bor - Janluiji Buffon, Dani Alves va Lionel Messi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Messi, Neymar, Buffon va Alves joriy mavsumda «Oltin to'p»ni qo'lga kiritish uchun asosiy da'vogarlardir.
Bundan tashqari, nashrlar «Barselona» yulduzlarini da'vogarlar ro'yxatiga kiritmagan France Football maqolasini ham keskin tanqid ostiga olishdi.