"Real" himoyachisi Nacho jamoasining 4 o'yindan iborat g'alabasiz va golsiz seriyasiga sharh berayotib, bosh murabbiy Xulen Lopetegini qo'llab-quvvatladi.
"Mavsum startida ko'p gol urdik. Hech kim "Yuventus"da gol ura olmayotgan Ronalduni eslamagan edi. U "Real"dan ketganidan so'ng gol ura olmayotgani haqida gapirildi. Futbolda hamma narsa o'zgaradi
Krishtianu biz uchun juda muhim o'yinchi edi. U bir mavsumda 50 talab gol urardi, ammo o'tmishni eslab yig'lamasligimiz kerak. Ixtiyorimizda bori bilan oldinga intilishimiz kerak. Bizda yaxshi tarkib bor, hammasiga tayyormiz.
"Real"da mag'lub bo'lsangyoki durang o'ynasang - senda inqiroz. Agar bu to'rt o'yinga cho'zilsa - bo'ldi, tamom.
Futbolchilar o'limgacha murabbiy bilan birga. Biz xotirjammiz. Bizda bundan ham yomon holatlar bo'lgan, ammo kuch topib, oldinga intilganmiz", - deydi Nacho.