Transfer siyosatining susayishi.
Xulen Lopetegi Rafa Benitesni har jabxada eslatishni boshlagan rost gap va hozirda o'ziga juda katta bosimni yuklab oldi. Sobiq Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi muxlislar va Florentino Peres nazarida ishonchsiz vaziyatga tushib qoldi.
Florentino Peres shu paytga qadar sobiq murabbiylar Joze Mourinyo va Zinedin Zidanlarni ham bo'shatishdan tap tortmagan. Mourinyoning bo'shatilishiga uning xarakteri sabab bo'lgan bo'lsa, Zinedin Zidanning ketma-ket uch marta Chempionlar Ligasini yutishi. Demak, Peres Lopetegini ham ayab o'tirmaydi, agar omadsiz seriya yakuniga yetmasa.
Yildan-yilga "Madrid" Chempionlar Ligasida plankani yuqorilab bormoqda. O'tgan mavsumda ham jamoada og'ir damlar ko'p bo'ldi, "El Klassiko"da "Bernabeu"da (0:3) hisobidagi mag'lubiyat va peshqadamdan 16 ochkalab ortda qolib ketish xodisalari kuzatildi. Ammo oxirida Zizu Chempionlar Ligasini yutib klubni tark etdi.
Peresning rejalari futbol emas, tijorat va stadion qurilishi bo'lib turubdi. So'nggi 2 yilda "Real Madrid" Danilo, Pepe, Xames, Morata, Kovachich va nixoyat Ronaldu bilan xayrlashdi. Bularga javob sifatida emas, Peres Vinisiusni oldi.
Lopetegi o'rni esa klubda katta emas. Misol tariqasi, Xulen yozda Kovachich o'rniga nomzod qidira boshladi, shuningdek, press-konferensiyada ham Ronaldu jamoadan ketmasligini aytib o'tgan edi. Nomzodlar qatoridan ham Lopetegi 6 yoki 7-o'rinlarda turgan edi. Lopo jamoani qo'lga olganidan so'ng rejalar asosiysi stadionni ta'mirlash ekanligini bilgach o'zini klubda baxtli xis etmadi.
Bobojonov