Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«PSJ» Ronalduning narxini «tushirdi»

«PSJ» «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun kurashda «Manchester Yunayted», «Monako» va Xitoy klublari bilan raqobat qilmoqda.

.
- Yuklab olish

«PSJ» «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun kurashda «Manchester Yunayted», «Monako» va Xitoy klublari bilan raqobat qilmoqda.

Corriere dello Sport nashri ma'lumotiga ko'ra, parijliklar jamoasi 32 yoshli portugaliyalik hujumchi uchun Madrid klubiga 140 million evro to'lashni ko'zlamoqda, shu bilan birga futbolchining o'ziga yiliga 30 million evro miqdoridagi maosh va'da qilingan.

«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xalayfi futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan muloqot qilib, o'z istagi haqida ma'lum qilgan.

Daily Mail nashri Al-Xalayfi va Mendesh avvalroq, 3 iyun kuni Kardiffda, Chempionlar ligasi finali vaqtida uchrashgani haqida yozmoqda.

Bundan oldinroq «Real» Ronalduni 400 million evrodan kamiga sotmasligi haqida xabar tarqalgandi.

Italiyadagi La Gazzetta dello Sport nashri ham futbolchining transfer qiymatini 400 million evroga baholagandi.

Angliyadagi The Telegraph nashri esa  «Manchester Yunayted»ga kelishi kutilayotgan portugaliyalik futbolchiga 150 million evrolik «narx qo'ygandi».

BestMaster
18 Iyun 2017, 17:00
«psj», ronalduning, narxini, «tushirdi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads