Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar kelajagi borasidagi savolga javob berdi.
“Agar jamoa yangi shartnoma taklif qilsa, muhokama qilishga tayyorman. Lekin bu haqida aniq fakt ayta olmayman.
Ba'zan men ketishni orzu qilaman. Ba'zida esa qolishni istayman. Men hozir 27 yoshdaman yanvarda 28ga to'laman. Gap mening kelajagim haqida ketyapti.
“Real” – dunyoning eng yaxshi klubi. Men yoshligimdan u erda o'ynashni xohlaganman.Bu mavzuni har kuni ko'tarilishini xohlamayman. Yaqin vaqt ichida hammasi hal bo'ladi”, deydi Azar.