Ispaniya chempionatining 8-turi doirasida Madridning «Real» klubi «Alaves» mehmoni bo'ladi va imkoniyatni boy berdi (0:1).
AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, mazkur o'yindan keyin "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres va jamoa ijrochi direktori Xose Anxel Sanches murabbiyni almashtirish masalasini muhokama qilishdi. Tomonlar bir qarorga kelishdi: «Real» 28 oktyabr kuni bo'ladigan "klasiko"da «Barselona»ga imkoniyatni boy bersa, Xulen Lopetegi iste'foga chiqariladi.
"Qaymoqranglilar" boshqaruviga asosiy da'vogarlar — «Chelsi» klubi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte va hozirda «Kastilya»da ishlayotgan Santyago Solari.
"Real" La liga jadvalida 14 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi.