Krishtianu Ronalduning yaqin do'sti hisoblangan argentinalik jurnalist Martin Liberman futbolchining "Real"dan ketishga qaror qilgani bilan bog'liq yangi ma'lumotlarni oshkor qildi.
"Uzoq vaqt davomida hamma mendan Ronaldu haqida so'rab keladi. Ammo men Krishtianuning o'zi bilan gaplashmaguncha hech narsani aytmasdim. U bilan munosabatlarimiz yaxshi, biz tez-tez gaplashib turamiz.
U hozir Rossiyada. Barcha e'tiborini Portugaliya terma jamoasi o'yinlariga qaratgan. Lekin u "Real"dan qattiq xafa bo'lgan. Krishtianuning fikricha, klub uni himoya qilmagan. Klub rahbaridan biri omma oldida futbolchini qo'llab-quvvatlaydi, deb o'ylagandi. Soliq idoralari tomonidan qo'yilayotgan ayblovlar haqqoniy emas, deb hisoblaydi Krishtianu.
Nazarimda, prezident, vitse-prezident yoki sport direktori ommaviy ravishda uni qo'llab-quvvatlashi kerak edi, ammo bunday bo'lmadi. Bu esa futbolchi va klub o'rtasidagi munosabatni sovuqlashtirdi.
Ko'ramiz, barchasi nima bilan tugarkan. Ronaldu qattiq xafa bo'lgan, ammo hozir faqat Portugaliya terma jamoasi haqida o'ylamoqda", – dedi Liberman.