"Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi o'z vazifasini topshirishi mumkin.
As xabariga ko'ra, "Alaves"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Real" prezidenti bo'l0usi murabbiy masalasida Xose Anxel Sanches bilan gaplashib olgan.
Ta'kidlanishicha, Lopetegining kelajagi 28 oktyabr kuni "Barselona" bilan o'yindan so'ng oydinlashadi. Halqaro o'yinlar tanaffusidan so'ng "Real" "Levante" va "Viktoriya" Plzen bilan o'ynaydi, hatto ushbu o'yinlardagi g'alabalar ham klasikodagi mag'lubiyat keyingi iste'foni to'xtata olmaydi.
"Real" Lopetegining iste'fosidan so'ng uning o'rniga murabbiy qidirishga tushdi. Asosiy nomzodlar: Santyago Solari ("Kastilya") va Antonio Konte.
"Real" Konte bilan Lopetegining tayinlanishidan avvalroq bog'langan, ammo "Chelsi"ga to'lanishi kerak bo'lgan tovon puli tufayli kelishuv amalga oshmagan.