"Alaves" bosh murabbiyi Abelardo Fernandes Ispaniya chempionatining 8-turida "Real" ustidan qozonilgan sensatsion g'alabadan so'ng (1:0) fikrlarini bildirdi
"Biz ajoyib o'yin o'tkazdik, shunchaki ajoyib. Dastlabki 10 daqiqa juda asabiylashdik va raqib bir nechta vaziyatlar yaratdi.
Keyin esa fantastik o'yin ko'rsata boshladik va raqibga hujum uchun bo'sh hudud qoldirmadik. Biz o'yin sxemasini o'zgartirdik va uchta markaziy himoyachi bilan o'ynay boshladik. "Real" shuning uchun qanotlardan hujum qilishga majbur bo'ldi, biz sa markazda ajoyib o'ynadik.
Jadvaldagi hozirgi fantastik o'rnimiz (3-o'rin) biz uchun orzu hisobalanadi. Jamg'argan 14 ochkomiz qiyin vaqtimizda yordam beradi ", - deydi Fernandes.