"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu so'nggi paytlarda ro'y berayotgan voqealarda "Real"ning "qo'li" bor deb shubha qilmoqda. Bu haqda La Republica nashri xabar tarqatdi.
Jumladan, portugaliyalik futbolchining taxminicha, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresning shaxsan o'zi barcha ishlarga aloqador: nomusga tegish bilan bog'liq ayblov, FIFA sovrinining Ronalduga berilmasligi va homiylarning futbolchidan yuz o'gira boshlashi.