“Yuventus” va Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jiddiy ayblov bilan chiqdi.
Uning fikricha, barcha baxtsizliklariga “Real” sababchi. Ketrin Mayorganing ham endi “bosh ko'tarishi”da Florentino Peresning qo'li bor. Hammasi sobiq klubi rahbariyati bilan munosabatlari yomonlashgani tufayli yuz bermoqda.
“Football Italia” nashriga ko'ra, Ronaldu hatto “Valensiya”ga qarshi o'yinda qizil kartochka olishi va homiylari bilan mojarolar ham sobiq jamoasi tomonidan uyushtirilayotgan fitnaning bir qismi.