Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«El-klasiko» va yashirin biznes

«Real Madrid» rahbariyati «Barselona»ga qarshi o'yin uchun chiqarilgan chiptalar «qora bozor»ga chiqib ketgani uchun naq 635ta a'zolik kartochkasini bekor qildi. 

.
- Yuklab olish

«Real Madrid» rahbariyati «Barselona»ga qarshi o'yin uchun chiqarilgan chiptalar «qora bozor»ga chiqib ketgani uchun naq 635ta a'zolik kartochkasini bekor qildi. Axir yilning eng muhim o'yini - «El-klasiko»da «Santyago Bernabeu»ning Madrid jamoasi fanatlari uchun ajratilgan tribunalaridan ham «Barsa» muxlislari joy olishgan va ular so'nggi lahzada Lionel Messi tomonidan urilgan golni o'zgacha nishonlagandilar...

Xuddi eng zo'r operadagidek...

Mashhur kinokartina - «Hurliqo»da Richard Gir va Juliya Roberts tomonidan gavdalantirilgan qahramonlar xususiy samolyotda San-Frantsisko tomon uchishadi - Verdining La Traviata operasidan bahra olish uchun. Shunga taqqoslasak, hozirgi kunda boyvachcha biznesmenning «El-klasiko»ni ko'rish uchun nominal bahosidan 10 baravar qimmatiga bo'lsa-da, chipta sotib olishdan qaytmasligi tayin. Faqat bitta shart shuki, u futbol shaydosi bo'lishi kerak. Taqdir hazilini qarangki, «Real» va «Barselona» o'rtasidagi oxirgi uchrashuvni tomosha qilishga chog'langan mashhurlar orasida Juliya Roberts ham bor edi. «Bu safar ham «klasiko»ni bevosita kuzatish uchun sayyoramizning turli burchaklaridan muxlislar kelishdi. Tabiiyki, ular «Santyago Bernabeu»ga kirishgacha juda ko'p pul sarflashgan,—deydi stadi-on xodimlaridan biri. — Hammasi xuddi eng zo'r operaga oshiqqan kabi. Zero, futbol olamida «El-klasiko»ga tenglashadigan boshqa o'yin yo'q. Xullas, ayrim fanatlar mazkur qarama-qarshilik chiptasi uchun «qora bozor»da 4000 evrogacha to'lashdi...».

Ispaniya futbolida chiptalar sotuvi ustidan nazoratni kuchaytirish masalasi allaqachon bosh mavzulardan biriga aylangan. Deylik, ushbu muammoni bartaraf etish bo'yicha uzoq 1982 yili qonun hujjati ham qabul qilingan. Hukumat qaroriga asosan, ko'chada chipta sotish noqonuniy hisoblanadi. «Real» va «Barselona» o'rtasidagi oxirgi o'yin esa mezbonlar tribunalarida mehmon jamoa tarafdorlari etarlicha joy olishgani bilan ham esda qoldi. Qiziq, ular stadion, to'g'rirog'i, shu tribunalarga kirish huquqini beruvchi chiptalarni qaerdan topishgan? Bu borada uzoq bosh qotirishga hojat yo'q. Axir Ispaniya grandlari o'rtasidagi qarama-qarshilikni jonli ko'rishga xohishmandlar har doim keragidan ortiq topilishi isbot talab qilmaydigan haqiqat-ku. Aslida klublar rahbariyati internetdagi qayta sotuv jarayoniga qarshi va madridliklar ham, kataloniyaliklar ham buni nazoratda ushlashga urinmoqdalar. Ammo ushbu masaladagi qonun kamchiliklardan xoli emas va chayqovchilar ayni shu holatdan unumli foydalanmoqdalar. Misol uchun, so'nggi qarama-qarshilik arafasida politsiya olib-sotarlardan 357 dona chiptani musodara qildi. «Atletiko»ga qarshi kechgan «Madrid derbisi» oldidan esa 800 chipta olib qo'yildi. Surishtiruvlardan ma'lum bo'lishicha, 6 yil davomida bir kishi tomonidan 10tagacha chipta sotish tizimi yo'lga qo'yilgan ekan. Xo'sh, olib-sotarlar ayblovdan qanday qutulmoqdalar? Ular, shunchaki, chiptalarni do'stlariga sovg'a tariqasida berishganini aytmoqdalar - tamom. Xullas, rasman olganda, chiptalar bepul tarqatilgan. Bunday holatda qonunbuzarlarga nisbatan chora ko'rishning umuman iloji yo'q. Politsiya anchadan buyon bu masalaga nuqta qo'yish harakatida. Deylik, yaqinda birja orqali chiptalar oldi-sottisi uyushtiriladigan bir qancha mehmonxonalarni fosh etdi.

Imtiyozlar,  abonementlar va...

«Real» uchun eng katta muammolardan yana biri - bu turli tashkilotlarga berilgan imtiyozlar. Chunonchi, ularga ajratiladigan chiptalarni hech kim nazorat qilmaydi. Oqibatda imtiyozli chiptalar uchinchi shaxs qo'liga o'tib ketyapti. «Real»ning mazkur masaladagi muammolari Ramon Kalderon boshqaruvi davrida yanada gazak olgandi. Zero, u birdaniga 3000ta a'zolik kartochkasini tarqatib yubordi. Ular hozirgacha qaytarib olinmagan.

«Real» muxlislari orasida yana shunday abonement egalari borki, ular «Uchrashuvni stadionda ko'raymi yoki bundan voz kechish evaziga yaxshigina pul ishlab olay?» qabilidagi savol ustida bosh qotirishadi. Xullas, ular o'z chiptalarini 2-3-4... baravar qimmatiga sotishadi-da sekingina uylariga qaytib, o'yinni divanda yonboshlagancha tomosha qilish bilan cheklanishadi. Bu chiptafurushlikka oid oxirgi muammo emas. «Real» muxlislari onlayn-tizim orqali chipta sotib olishda yana bir holatni payqashdi: firibgarlar bunda maxsus guruh tashkil qilishgan va sotuv boshlangani zahoti yoppasiga xaridni amalga oshirishadi. Oxirgi «El-klasiko» arafasida bunday «formula» yana bir bora ko'zga tashlandi - sotuvga chiqarilgan chiptalar atigi 5 daqiqada o'z «ega»larini  topdi. Biroq ko'p o'tmay, boshqa saytlar orqali qayta sotish ishlari boshlandi.

Xulosa shuki, chiptalar oldi-sottisi masalasida mamlakat miqyosida yangi qonun hujjatlari qabul qilinmas ekan, «Real» (boshqa klublar ham) bu muammo oldida chorasiz qolaveradi. Misol uchun, a'zolik kartochkasi yoki yillik abonementdan mahrum etilgan muxlis sud orqali o'z huquqini osongina himoya qilishga intiladi: o'ziga tegishli narsani do'sti yoxud qandaydir tanishiga berib turganini aytsa, bas. Boz ustiga, muxlislar iddaosi ham adolatlidek: chiptalarning rasmiy qayta sotuvidan tushgan pulning 65 foizi klub va 35 foizigina o'zlariga nasib etmoqda. Ha, ko'pchilik «Real» ishtirokidagi o'yinlarni tomosha qilishni istaydi, ammo pattaxonalar butunlay yopilib qolishi ehtimoli ham yo'q emas...

BestMaster
18 Iyun 2017, 13:00
«el-klasiko», yashirin, biznes,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads