Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi istefosi haqidagi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq, natijalar yaxshilanmasa, Lopetegi istefoga chiqishi haqida xabarlar tarqalgandi.
“Jamoadagi kelajagim borasida noaniqlik bormi? Biz odamlarni gaplarini tahlil qilmaymiz. Lekin har kuni muvaffaqiyat qozonish uchun harakat qilyapmiz.
“Real”ning maqsadlari o'zgargani yo'q. Barcha fikrlarni hurmat qilish kerak. To'g'ri “Real”dek klubda ishlash oson emas. Lekin murabiyning ishiga mavsum yakunida baho berish kerak”, deydi Lopetegi.