"Real Madrid" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Alaves" bilan o'yindan keyingi press-konferensiyada qatnashdi.
"Eng asosiysi - jamoaning xolati. Biz jamoaning muammosini bilamiz va buni bartaraf etish choralarini ko'rmoqdamiz. Biz to'g'ri yo'ldamiz - chempionatda lidermiz. Chempionlar Ligasida "Roma"ga qarshi o'yindek harakat qilsak guruhda muammoga duch kelmaymiz. Xa, biz "SSKA"ga mag'lub bo'ldik, biroq bu bizni xavotirga solmaydi. Hozir "alaves" haqida o'ylamoqdamiz. "Alaves" hali chempionatda mag'lubiyatga uchramadi va o'z muhlislari qarshisida harakat qiladi. Men ulardan kuchli qarshilik kutmoqdamiz. Biz g'alaba qozonishimiz uchun o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak.
Men OAV bilan yaxshi a'loqada bo'lishga vaqtim yo'q. Meni faqat jamoamdagi futbolchilarning xolati qiziqtiradi. Boshqa kishilar haqida gapirishni xohlamayman. Jamoa titul uchun kurashishda davom etadi. Ishdan ketish haqida qo'rqamanmi? Yo'q, men faqat keyingi uchrashuv haqida o'ylayapman.
Beyl jamoa uchun muhim futbolchi va unda hozir hammasi joyida. "Real"ning mavsum uchun maqsadi o'zgarmadi. Hamma qarashlarni xurmat qilaman. "Real"dek jamoada bunday bosimlar har doim bo'lgan. Mening ishimga baxoni mavsum oxirida berasiz", - deydi Lopetegi.
Bobojonov