Madridning “Real” klubi yaqin vaqt ichida jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegini istefoga chiqarishi mumkin.
52 yoshli mutaxassisning ish uslubi ko'pchilikga yoqmayapti, bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. Ispaniya chempionati navbatdagi turida jamoa “Alaves”ga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq, “qaymoqranglilar” chempionlar ligasida TsSKAga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. “Real” Ispaniya chempionatida 2-o'rinda bormoqda. Jamoa 7-turda 14 ochko to'plagan.
Eslatib o'tamiz, Lopetegi 2018 yil 14 iyun kuni “Real” bosh murabbiyiga aylangan edi. Mutaxassis “qaymoqranglilar” bilan 3 yillik shartnoma imzoagan.