Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal jarohati tufayli ikki oyni o'tkazib yuborishi mumkin. Futbolchi chempion ligasi 2-turidan o'rin olgan TsSKAga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi.
Marca nashrining xabar berishicha, futbolchi 6-8 haftalarda maydonga qaytishi mumkin. Ispaniyalik futbolchi uchrashuvning 42-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etgandi.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli futbolchi joriy mavsum 8 ta uchrashuvda maydonga tushib 1 ta gol kiritgan.