26 yoshli Isko “Atletik”ga qarshi bahsda maydonga tushganidan uch daqiqa o'tar-o'tmay jamoasi uchun gol urdi. Bu bilan u yakunda Xulen Lopetegini mag'lubiyatdan qutqargan bo'lib chiqdi. Xo'sh, asosiy tarkibda unga mos pozitsiya tanlash qiyin bo'lib kelgan bir vaqtda aynan u hal qiluvchi futbolchi bo'ladimi?
Iskoni “Real Madrid”ning uch kishilik hujumchilari orasiga qanday sig'dirish muammosi hali hamon o'z echimini topa olmay kelmoqda, andalusiyalik sehrgar esa buni o'z o'yinlari bilan qayta va qayta talab qilib kelmoqda.
“Los Blankos”ni La Liganing yangi mavsumidagi dastlabki mag'lubiyatidan saqlab qolish uni tushirishganidan uch daqiqa o'tib Isko “San-Mames”dagi o'yinni 1-1 ko'rinishiga olib keldi.
Iskoning zaxiradan tushib o'zini ko'rsatgani madridliklar ustoziga “Barselona”dan chempionlikni qaytarib olishda unga bemalol suyanishi mumkinligini ko'rsatib qo'ydi.
Bosh murabbiy uning xizmatlaridan Ispaniya termasida ancha faol foydalanganiga qaramay, “Qirollik klubi”da unga asosiy tarkibdan joy topishda qiyinchilikka uchramoqda. DAVOMI