Madridning “Real” klubi jamoa himoyachisi Dani Karvaxalning jarohatini tasdiqladi. Futbolchi chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan TsSKAga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi.
Ispaniyalik futbolchi o'yinning 42-daqiqasida almashtirilishini so'radi. Uning o'rnini Alvaro Odriosola egallagandi.
“Real” bayonotida futbolchini qachon safga qaytishini ma'lum qilmadi. U tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak. Eslatib o'tamiz, futbolchi avvalroq ham jarohati tufayli bir nechta uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan edi.