"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal jarohat oldi va noma'lum muddatga safdan chiqdi.
Ispaniyalik futbolchi EChL guruh bosqichida TsSKAga qarshi o'yinda (0:1) mushaklarini jarohatlab olgan va 42-daqiqada almashtirilgan.
Karvaxal yaqin vaqtlar ichida tibbiy tekshiruvdan o'tadi va uning tiklanish muddatlari aniq bo'ladi.
Odatda bunday jarohatlarni davolash uchun 2-5 hafta kerak bo'ladi.
Shu tufayli himoyachi 4 oktyabr kungi "Alaves"ga qarshi, 28 oktbyar kuni "Barselona"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin.