Ispaniyaning “Barselona” klubi Chempionlar ligasida 600 tadan ko'p gol urgan 3-jamoaga aylandi.
Jamoaning yubiley goliga Ivan Rakitich mualliflik qildi. U kecha chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan “Tottenxem”ga qarshi kechgan uchrashuvda jamoaning 2-golini kiritgan edi.
Eslatib o'tamiz, bu ko'rsatkich bo'yicha “Barselona”dan “Bavariya” (668) va “Real Madrid” (945) oldinda.