"Yuventus"ning bosh direktori Juzeppe Marottaning xizmatlariga Evropaning etakchi klublari qiziqmoqdalar.
Funktsioner oktyuyabr oyi oxirlarida Turin klubini tark tishini e'lon qilgan.
Calciomercato.com xabariga ko'ra, "Inter" va "Manchester Yunayted"dan so'ng italiyalikka "Real" ham qiziqish bildirmoqda. Marottani Madridda ko'rishni shaxsan "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres xohlamoqda.
Avvalroq, Marottaning xizmatlariga "Roma" va "Napoli" klublarining qiziqiayotgani xabar berilgan , "Inter" esa dastlabki kelishuvga erishgani aytilgan edi.