"Real" himoyachisi Nacho hujumchi Krishtianu Ronalduning yozda "Yuventus"ga o'tib ketganidan afsus chekmaslik kerakligini aytdi.
"Real" kecha EChL guruh bosqichida TsSKAga yutqazdi (0:1) va qatorasiga 3 o'yindan buyon gol ura omlayapti.
"Krishtianu Madridni tark etishga qaror qildi. Biz futbolchilar bunga qarshi hech narsa qila olmadik. Bu uning qarori edi. Biz buni faqat hurmat qilishimiz va uning biz uchun qilgan ishlariga minnatdorchilik bildirishimiz kerak. Biz o'tmish bilan va u bilan jamoa qanday bo'lgani haqida o'ylar bilan yashay olmaymiz", - deydi Nacho.