"Real" yarimhimoyachisi Luka Modrich EChL guruh bosqichida TsSKAdan uchralgan mag'lubiyat (0:1) haqida gapirdi.
"Moskvada ochko yo'qotishimizni kutmagandik. Albatta, jamoada hozir muhit yaxshimas. Ammo boshni ko'tarib, tezroq to'g'ri yo'lga qaytish kerak. Oxirgi uch o'yinni ayniqsa, "Sevilya" va TsSKA bilan o'yinlarni o'z darajamizdan past o'tkazdik. Qatorasiga uch o'yinda gol urolmasang, bu o'yga toldiradi. Bu vaziyatdan chiqib ketishimizga ishonaman.
Ngea birinchi daqiqalardan o'ynamadim? Murabbiy tig'iz grafik tufayli menga dam berishini aytdi. Zaxira o'rindig'ida o'tirishim oldindan rejalashtirilgan edi, ammo o'yin davomida meni maydonga tushirishdi", - deydi Modrich.