"Real" darvozaboni Keylor Navas EChL guruh bosqichining 2-turida TsSKAdan uchralgan mag'lubiyat (0:1) haqida gapirdi.
"Krishtianu juda yuqori marrani qo'ygan edi. Bu sir emas. Quyoshni qo'l bilan yopib bo'lmaydi. Ammo bu endi o'tmishda, u bilan yashay olmaymiz. Yigitlar gol urish uchun qo'llaridan kelganini qilishmoqda.
Kurtua bilan raqobat? Men ham o'zimni jamoaga endi kelganday his qilyapman. Men uchun futbol o'ynash - faxr. Qo'limni tushirmayman. Lopetegining qarorlarini hurmat qilaman. "Alaves"ga qarshi o'ynaymanmi? Murabbiydan so'rang. Men o'ynashga tayyorman", - deydi Navas.
Mening ismim sarlavhalarda bo'lishiga doim tayyorman", - deydi Navas.