"Real" o'z hujumchisi Krishtianu Ronalduni 400 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas, deya xabar beradi Daily Mail.
Madridliklar shu yo'l bilan futbolchiga qiziqayotgan "Manchester Yunayted" va "PSJ"ning hovurini bosmoqchi.
Shuningdek, "Real" klub prezidenti Florentino Peres, bosh direktor Xose Anxel Sanches va Krishtianu Ronaldu o'rtasida uchrashuv tashkil qilib, yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilmoqchi. Ammo bu futbolchi KK-2017 musobaqasida Portugaliya terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib bo'lganidan so'ng amalga oshadi.
Ronaldu "Real" bilan 2016 yilning noyabrida shartnomasini uzaytirgan, 2021 yilgacha tuzilgan shartnomaga ko'ra, futbolchining haftalik maoshi 400 ming evroni tashkil qiladi. Shartnomada Ronaldu uchun to'lanadigan tovon puli 995 mln evro qilib belgilangan.