Portugaliyaning "Sporting" klubi "Real" himoyachisi Fabio Koentrauni sotib olishga jiddiy bel bog'lagan.
29 yoshli himoyachiga shaxsan Lissabonliklarning ustozi Jorje Jezush qiziqish bildirmoqda. Ammo Koentrau Portugaliyaga qaytsa faqat "Benfika"da to'p surishini aytib o'tgan edi. Shuningdek, Fabioga Turkiyaning "Galatasaray" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, portugaliyalik himoyachining amaldagi shartnomasi 2019-yilda yakuniga yetadi.