Ispan nashrlari Krishtianu Ronalduning “Real”dan ketganini 3 ta sabab bilan izohlashdi.
“Marca” nashriga ko'ra, Ronalduga “Real”ning uni moliyaviy masalalarda qo'llab-quvvatlamagani yoqmagan. Bu erga gap ispan soliq tashkilotlari bilan bog'liqmojarolar haqida ketmoqda. Vaholanki, Messi ham shunday mojaroga yo'liqqan, “Barselona” esa anonim tarzda futbolchiga ko'maklashgandi.
Ikkinchidan, Krishtianu o'zining “Real” tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb tan olinishini istagan. Ammo “qirollik klubi” rahbariyati har doim bunday e'tirofga Di Stefanoni loyiq ko'rgan.
Uchinchidan, Ronalduga Messidan kam maosh olishi va maoshining oshirilmagani ham xush kelmagan.