«Real» prezidenti Florentino Peres hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan gaplashib oldi.
Mulozim unga ketishni xohlasa, ushlab turmoqchi emasligini bildirgan, deb xabar bermoqda Marca.
Qirollik klubi rahbariyati futbolchi bo'yicha yaxshi taklif olsa, uni qo'yib yuborishga tayyor.
Avvalroq, Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 14,7 mln evro soliqni to'lamaganlikda ayblagandi. Futbolchining o'zi «Real» uni himoya qilmayotganini ro'kach qilib, jamoani tark etishini aytgandi.