Londonning “Chelsi” klubi etakchisi Eden Azar yozda “Real Madrid”ga o'tib ketishi mumkin bo'lganin tan oldi.
“To'g'risini aytaman. Jahon chempionatidan keyin ketishni istadim, chunki Ispaniyada o'ynash orzuim. Keyin men rahbariyat bilan gaplashdim. Men ularga qolishim mumkinligini aytdim.
Yangi murabbiy keldi, bizga uning qo'l ostida o'ynash yoqmoqda. Qolganimdan afsuslanmayman. Ketamanmi yo'qmi baribir men baxtli bo'laman. “Chelsi” xayotimning bir bo'lagiga aylanib bo'ldi. Ko'ramiz”, deydi Azar.