Madridning “Real” klubi 18 yoshli yarim himoyachisi Vinisius Junior “Atletiko”ga qarshi o'yinda debyut qildi. Futbolchi 87-daqiqada Benzema o'rniga maydonga tushdi. Futbolchi mazkur bahsdan so'ng fikr bildirdi.
“Bu baxtli daqiqalarni tasvirlash uchun so'z yo'q! Men yoshligimdan dunyoning eng yaxshi klubi “Real Madrid”da o'ynashni orzu qilgandim.
Juda xursandman va minnatdorman. Bu kun abadiy xotiramda qoladi”, deydi Vinisius.